logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Ayni damda Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekistonda “Yashil fan va innovatsiyalar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO), Yoshlar ishlari agentligi hamda Toshkent davlat agrar universiteti hamkorligida forum bo‘lib o‘tmoqda.

view 75

Mazkur forumda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO), Yoshlar ishlari agentligi, vakillari hamda Toshkent davlat agrar universitetining doktorantlari, professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari hamda talaba-yoshlari faol ishtirok etmoqda. Forum doirasida yashil iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollari, barqaror qishloq xo‘jaligi tizimlari, innovatsion ilmiy yondashuvlar va ekologik muammolarning zamonaviy yechimlari yuzasidan ma’ruzalar tinglanib, fikr-mulohazalar almashilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.