Toshkent davlat agrar universitetida 30 va 34 yil avval universitetni tamomlagan faxriy bitiruvchilar hamda universitet rektori, professor N.Oblomuradov ishtirokida samimiy uchrashuv bòlib òtdi. Iliq muhitda o‘tgan tadbir davomida faxriy bitiruvchilar ilm dargohiga bo‘lgan chuqur hurmat va ehtiromlarini izhor etib, universitet kutubxonasiga qimmatli kitoblar, muzeyga esa esdalik sovg‘alarni tuhfa etdilar.
Universitet rahbariyati bitiruvchilarga ushbu e’tibor, sadoqat va samimiylik uchun minnatdorlik bildirib, ularning bugungi kundagi yutuqlari butun jamoa uchun faxr ekanini ta’kidladi.
Ijtimoiy tarmoqlar: