logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU jamoasi FAO eLearning Academy bilan global bilimlarni egallamoqda

view 1

Bugungi kunda Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan taqdim etilayotgan xalqaro onlayn kurslarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Ushbu platforma universitetimiz jamoasi uchun qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi, barqaror rivojlanish, ekologiya hamda zamonaviy agrotexnologiyalar yo‘nalishlarida o‘z bilim va amaliy ko‘nikmalarini tizimli ravishda mustahkamlash imkoniyatini taqdim etmoqda.
Kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilar xalqaro miqyosda tan olinadigan sertifikatlar hamda maxsus raqamli nishonlarga (badgelarga) ega bo‘lmoqda. Ta'kidlanishicha, olingan bilimlar professor-o‘qituvchilar va talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda xalqaro akademik hamkorlikdagi nufuzini yanada oshiradi.

Shuningdek, ishtirokchilar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha dunyoning eng ilg‘or tajribalari bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega.
Kurslarda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali o‘ting: https://tdau.uz/en/international-projects/
Platforma har bir ishtirokchiga zamon bilan hamnafas bo‘lish va o‘z kasbiy salohiyatini izchil rivojlantirish uchun keng eshiklarni ochadi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.