logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari himoyalari davom etmoqda

view 72

Toshkent davlat agrar universitetida 2025–2026-o‘quv yili bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarini amaliyot va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan holda tashkil etilmoqda.

Mazkur jarayon doirasida Yerni masofadan zondlash va GAT texnologiyalari, Yer resurslaridan foydalanish va boshqarish, Agrokimyo hamda Tuproqshunoslik magistratura mutaxassisliklari magistrantlarining dissertatsiya ishlari, shuningdek, tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari 4-bosqich talabalari bitiruv malakaviy ishlarining himoyalari Respublika Agrokimyoviy tahlil markazida bo‘lib o‘tmoqda.

Xususan, magistrantlar Qulmirzayev Qurbonbek “Sug‘oriladigan yerlarni monitoring qilishda geofazoviy usullardan foydalanish: Jizzax viloyati Zafarobod tumani S. Sindorov SFU misolida” hamda Nurullayev Ma’rufjon “Geoaxborot tizimlari asosida qurg‘oqchilik jarayonlari monitoringi (Xorazm viloyati Gurlan tumani misolida)” mavzularida yaratilgan innovatsion platformalarini taqdim etdilar.

Shuningdek, magistrant Ummatova Yulduz “Vertikal zonallikda tarqalgan tuproqlarning mikroelement tarkibi va fermentativ faolligi” mavzusidagi dissertatsiya ishini ingliz tilida muvaffaqiyatli himoya qildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.