Toshkent davlat agrar universitetining 2024/2025-o'quv yili bitiruvchilarini universitetimiz rektori Narzullo Naimovich Oblomuradov samimiy qutladi. Ular o'z tabrik so'zlari davomida Toshkent davlat agrar universiteti ularning kelgusida olib bormoqchi bo’lgan har qanday tadqiqotlarini qo’llab-quvvatlashini va buning uchun barcha sharoitlarni yaratishga ko’maklashishini, o’qishini davom ettirish istagida bo’lgan yoshlar uchun universitet eshiklari doimo ochiq ekanligini takidladi.
Shuningdek tadbirda senator, O’zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir ham bitiruvchilarga omad va zafarlar tilab, bugun diplomlarni qo'lga kiritgan har bir yosh Yangi O'zbekistonning agrar sohasining eng yetuk mutaxassislari bo'lishiga ishonch bildirdi.



