favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida professor-o‘qituvchilarning KPI tizimi bo‘yicha yillik hisobotlari muhokama qilindi

view 102

Bugun Toshkent davlat agrar universiteti rektori N.Oblomuradov boshchiligida Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakultetida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarning 2024/2025-o‘quv yili uchun KPI (Key Performance Indicator) tizimi asosidagi yillik hisobotlari muhokama qilindi. Jarayon davomida universitet rektori jamoaviylik va ahillik muhitini mustahkamlash, fakultet faoliyatida yangicha qarash va yondashuv zarurligini alohida ta’kidladi. Muhokamada o‘quv yili yakunlari bo‘yicha erishilgan natijalar tahlil qilinib, KPI tizimida yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan pedagoglar e’tirof etildi, past ko‘rsatkichlar esa tanqid ostiga olindi. Shu bilan birga, fakultetda KPI tizimi bo‘yicha maxsus ishchi guruh tashkil etilib, natijalari sust bo‘lgan o‘qituvchilarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish belgilandi. Rektor professor-o‘qituvchilar tomonidan yangi milliy navlar yaratish, o‘quv-ilmiy tajriba xo‘jaligida ilmiy faoliyatni jadallashtirish va yerga bo‘lgan munosabatni tubdan o‘zgartirish lozimligini ta’kidladi.
Shuningdek, universitetning xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash maqsadida xorijiy ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish hajmini oshirish vazifasi berildi.

Yakunda yoshlar tarbiyasi, ma’naviy muhitni yaxshilash masalalari ham e’tibordan chetda qolmadi. Shuningdek ushbu jarayon universitetning barcha fakultetlarida davom etadi.


Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.