logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Bugun Toshkent davlat agrar universiteti rektori Korrupsiyaga qarshi kurash va adolatli ta’lim muhitini shakllantirish bo‘yicha professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalarga murojaat yoʻlladi.

view 74

—"Agar hammamiz yagona kuch bo‘lib harakat qilsak, universitet jamoatchiligi birlashib, korrupsiyaga “jamiyat tanasidagi saraton” sifatida qarasak, albatta uni oldini olishga erishamiz.
Korrupsiyaga – yo‘q deylik! Biz oliy ta’lim muassasasi sifatida, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz kurash olib boramiz. Bu faqat oliygoh rahbariyatining emas, balki har bir ustoz, xodim va barcha talabalarning burchi hisoblanadi.
" - deydi rektor oʻz soʻzida.
Mazkur jarayon davomida barchaning fikrlari tinglandi. Shuningdek, korrupsiyani oldini olish maqsadida bildirilgan "Tezkor umumiy xabarlar", talabalarning boʻsh vaqtlarini foydali va unumli oʻtkazishga yoʻnaltirilgan "Halollik mediasi" va boshqa bir qator takliflar qoʻllab-quvvatlandi.

Korrupsiyaga qarshi faqat oʻqituvchilar yoki ishchi-xodimlar emas, balki talabalar ham birgalikda harakat qilishi ta’kidlandi. Jarayon soʻnggida universitetimizdagi mahoratli yoshlar tomonidan chizilgan sanʼat asarlari namoyish qilindi. Bugungi 11-oktabr "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan turli sheʼr va qoʻshiqlar yigʻilganlarga taqdim etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.