Toshkent davlat agrar universiteti Yoshlar akademiyasi lideri S. Xojimurodov, koordinatori N. Xamrayeva hamda fakultetlar lider va koordinatorlari “Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash Ulug‘bek jamg‘armasi” vakillari bilan uchrashuv tashkil etishdi. 7-oktabr kuni jamg‘arma tomonidan “Yangi O‘zbekistonning asosi – tarbiya, ta’lim va ilm” mavzusida ma’ruza o‘tkazildi. Tadbirni jamg‘arma raisi, akademik Salimov Oqil Umurzoqovich ochib berdi, ma’ruzani esa O‘zbekiston Faylasuflar Milliy jamiyati raisi, f.f.d., prof. Nazarov Qiyom Normirzayevich olib bordi.
Ma’lumot o’rnida, yoshlarning bilim, madaniyat va sportdagi salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Top-500 xorijiy universitetlar bilan 50 ta qo‘shma dastur yo‘lga qo‘yilishi, biotexnologiya va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida har yili 500 nafar iqtidorli yoshlar davlat hisobidan chet elga o‘qishga yuborilishi haqida ma’lumot berildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


