logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar bo‘limi

Narkabulova Nargiza Chorshammiyevna

Narkabulova Nargiza Chorshammiyevna

Ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar bo‘limi boshlig'i

Bo‘limning asosiy vazifasi va maqsadi – mamlakat ilm-fani taraqqiyotini yanada rivojlashtirish maqsadida Respublika ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni yo‘lga qo‘yish va universitet ilmiy salohiyatni yuksaltirishdan iborat.


Bo‘lim o‘z faoliyati davomida quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan kafedralarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish va ish yurituvchi hujjatlarning to‘g‘ri olib borilishini nazorat qilib borish;
  • professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorant, doktorant, stajyor-tadqiqotchi, mustaqil izlanuvchi, magistratura va bakalavriat talabalari uchun xalqaro, respublika, universitet miqyosida ilmiy – amaliy anjumanlar, seminar treninglar, master klasslar tashkil qilish;
  • professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorant, doktorant, stajyor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilar tomonidan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-texnik ishlanmalarni bajarish va ularning natijalarini amaliyotga joriy etish ishlarida ko‘maklashish;
  • tayanch doktorant, doktorant, stajyor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilar uchun malakaviy imtihonlarni tashkil etish;
  • yosh olimlarni ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha chet el yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlari stajirovka va xizmat safariga yuborishni tashkil qilish;
  • bir yilda 4 marta professor-o‘qituvchilarning ilmiy tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha monitoring o‘tkazish.

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.