logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Biotexnologiya kafedrasi

Kafedra biotexnologiya bo’yicha qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati uchun, biotexnolog, ilmiy-tadqiqotchi, pedagog, mikrobiolog, gen muhandisi hamda miroklonal ko‘paytirish bo‘yicha agrar sohaga yetuk mutaxassislarni tayyorlab, yetkazib bermoqda.

 

Kafedrada mikroklonal  ko‘paytirsh, o‘simliklarni himoya qilishda biopreparatlarni yaratish va qo‘llash, bakterial o‘g‘itlar ishlab chiqarish texnologiyasi, tuganak bakteriyalar asosida preparatlar tayyorlash,  entomopatogen biopreparatlar olish va ularni zararkunandalarga qarshi qo‘llash, mikrobiologiya laboratoriyasi va unda ishlash qoidalari, mikroorganizmlarni ekish, miroorganzmlarni sof kulturasini ajratish, mikrooranizmlarni antagonistik xususiyatlari o‘rganish hamda ular asosida preparatlar olish texnologiyalarni yaratish bo’yicha talabalar bilim va ko’nikmalarni oshiradilar, amaliy mashg‘ulotlar orqali real tajriba ortiradilar.

 

Kafedra yuqori salohiyatga ega

22 nafar professor-o‘qituvchilar

8 nafar (PhD) va 3 nafar DSc doktorantlar

28 nafar magistrlar

 

  • Ilmiy salohiyat – 65 %
  • 8 nafar fan doktori, 3 nafar fan nomzodi
  • 95% bitiruvchilar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashmoqda

 

Ta’lim yo‘nalishlari:

 

Bakalavriat:

  60710200-Biotexnologiya.

Magistratura:

70710201-Biotexnologiya magistratura mutaxassisligi

708104041-Agrobiotexnologiya

70510102-Mikrobiologiya

 

Kafedra  zamonaviy yondashuvga ega

Ilm-fan, amaliyot va innovatsiyani uyg‘unlashtirgan ta’lim orqali ekologik va iqtisodiy jihatdan biotexnologiya sohasiga hissa qo‘shib kelmoqda.

Kafedra  bir  qator  yirik  agrofirmalar, klasterlar,  ilmiy  markazlar  va  xorijiy  hamkor tashkilotlar  bilan  samarali  hamkorlik  o‘rnatgan.  Bundan  tashqari,  fundamental, amaliy va innovatsiya dasturlari doirasida ko‘plab ilmiy loyihalar doirasida tadqiqotlar olib bormoqda.

 

Kafedra bitiruvchilari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar ekisperemental biologiyasi instituti, O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Botanika instituti, Genomika va bioinformatika markazi, Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institute, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutiga, mutaxassis sifatida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishgan.

Raxmonov Ubaydullo Normamadovich

Raxmonov Ubaydullo Normamadovich

Kafedra mudiri

Bakalavr

Magistratura

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.