Kafedra qishloq xo‘jaligining o‘simlikchilik tarmog‘i (paxtachilik, g‘allachilik, yem-xashak yetishtirish, texnik va moyli ekinlar) bo‘yicha yetuk malakali amaliyotchi-mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bilan shug‘ullanadi.
Kafedra dala ekinlaridan yuqori va sifatli hosil yetishtirish zamonaviy agrotexnologiyalarini ishlab chiqish va takomillashtirish, yangi va chetdan keltirilgan ekin turlarini mahalliy tuproq-iqlim sharoitga moslashtirish, morfobiologik xususiyatlarini o‘rganish va yetishtirish agrotexnikasini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish bo‘yicha innovatsion yondashuvlarni ilgari suradi. Talabalar amaliy mashg‘ulotlar orqali real tajriba orttiradilar.
Kafedra yuqori salohiyatga ega
- 24 nafar professor-o‘qituvchilar, shundan:
- 5 nafar fan doktori, 14 nafar fan nomzodi va falsafa doktorlari;
- Ilmiy salohiyat – 80,0 %
Har yilgi bitiruvchilar soni:
Bakalavr: kunduzgi – 60-65 nafar, sirtqi – 110-120 nafar
Magistr: 10-12 nafar
Bitiruvchilar nechta xorijiy davlatlarda ishlamoqda: 10 ta
(Germaniya, Vengriya, Turkiya, Rossiya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH, Qozog‘iston, Qirg‘iziston).
Ishga joylashish ko‘rsatkichi: 90,6 %
Kafedra zamonaviy yondashuvga ega
Ilm-fan, amaliyot va innovatsiyani uyg‘unlashtirgan ta’lim orqali ilg‘or o‘simlikchilik tarmoqlarini rivojlantirish va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga hissa qo‘shish.