Kafedrada o‘zbek tili, o‘zbek tilini sohada qo‘llash, rus tili, akademik yozuv, davlat tilida ish yuritish, lotin tili va veterinariya atamalari fanlaridan amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi.
Bo‘lajak mutaxassislarga o‘zbek va rus tillarini grammatik va imloviy jihatdan o‘rgatish, uning uslubiy jihatdan rang-barangligini farqlash, turli matnlar tuzish va mutaxassislik bo‘yicha maqola va referatlar yozish ko‘nikmasini hosil qilish, rusiyzabon guruh talabalarining o‘zbek tilida, o‘zbek guruhi talabalarining rus tilida erkin muloqot qilishga, fonetik va morfologik jihatdan to‘g‘ri gap tuzish, kelajakda korxona va muassasalarda davlat tilida hujjatchilikni olib borish o‘rgatiladi.
Kafedra yuqori salohiyatga ega
- 14 nafar professor-o‘qituvchilar
- Ilmiy salohiyat —28.5%
- 1 nafar f.f.n, dotsent, 3 nafar dotsent
Kafedra zamonaviy yondashuvga ega
Ilm-fan, amaliyot va innovatsiyani uyg‘unlashtirgan ta’lim orqali o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirishga hissa qo‘shish.