favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida Toshkent davlat agrar universiteti tomonidan yoshlarga qaratilgan keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot va ta’limiy tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

view 51

Universitetning turli fakultet va kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan Toshkent viloyati Qibray va Bo‘stonliq tumanlaridagi umumta’lim maktablarida uchrashuvlar, targ‘ibot ishlari, kasb-hunar tanlashga oid suhbatlar, badiiy adabiyotlar muhokamalari va madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Jumladan:
• Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti professor-o‘qituvchilari Qibray tumanidagi 5-, 25-umumta’lim maktablarida;
• Mevachilik va uzumchilik fakulteti vakillari 20-maktabda;
• Zooinjineriya fakulteti o‘qituvchilari 39-maktabda;
• O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi vakillari 42-maktab internatida;
• O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakulteti professor-o‘qituvchilari esa Bo‘stonliq tumanidagi 43- va 44-sonli maktablarda uchrashuvlar o‘tkazdi. Shuningdek, universitet Axborot-resurs markazida “Badiiy adabiyotlar muhokamasi” bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar o‘z o‘qigan asarlari yuzasidan fikr almashdilar. Ushbu tadbirlar orqali yoshlarda kasbga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularni ilm-fanga, sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda estetik did va ma’naviy ongni shakllantirish maqsad qilingan.


Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.