favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Dolzarb 90 kunlik doirasida Toshkent davlat agrar universitetida keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy va amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda!

view 58

Toshkent davlat agrar universiteti “Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar” fakulteti “Agroiqtisodiyot” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot ishlari olib borildi. “Agroiqtisodiyot” kafedrasi dotsenti D.Saidova va assistent D.Pirmatova talabalarga amaliy bilim berish maqsadida ularni Eco Expo Central Asia – 2025 ko‘rgazmasiga olib bordilar. Talabalar turar joylarida turli yo‘nalishlarda ijtimoiy faol tadbirlar tashkil etildi:
• 15-talabar turar joyida “Mohir qo‘llar” va “Gulchilik” to‘garaklari faoliyati boshlandi (D.Saidova, M.Suvonova, Z.Xalmuxamedova, Sh.Imomaliyeva).
• 13-talabalar turar joyida Q.X. fanlari dotsenti G.N.Tangirova tashabbusi bilan “Olima ayol” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
• 15-talabalar turar joyida universitet psixologi D.Shukurlaeva tomonidan talaba qizlar bilan individual suhbat tashkil qilindi.
• “Beshta muhim tashabbus”ning ikkinchi yo‘nalishi doirasida assistent B.A.Isroilov boshchiligida sport o‘yinlari o‘tkazildi.
• O‘simlikshunoslik fanidan dotsent S.Tog‘ayeva tomonidan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Zooinjeneriya fakulteti tomonidan bir qator ma’naviy va amaliy loyihalar tashkil qilindi:
• 24-121S-guruh talabalari uchun S.Xolmirzayeva va S.Nurmanovalar tomonidan “Adabiyot, san’at va milliy qadriyatlar” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
• Fakultet dekani o‘rinbosari I.Toshtemirov va kafedra o‘qituvchilari Qibray tumanidagi 5-son maktabda ma’naviy uchrashuvlar tashkil etdilar.
• 1-bosqich talabalari ta’tilga kuzatildi va ularga yo‘l harakati qoidalari, mazmunli dam olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
• 3-bosqich talabasi Fazliddin Xolmurodov Samarqand shahridagi “TalabaExpo – 2025” ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda. 20-iyun kuni esa universitetda “Oʻquvchi va talaba qizlarga nisbatan tazyiq yoki zoʻravonlikning oldini olish” mavzusida psixologik tadbir o‘tkazildi. “Dolzarb 90 kunlik” doirasidagi barcha tadbirlar talabalarning shaxsiy rivojlanishi, salohiyatini oshirish, ijtimoiy faolligini kuchaytirish hamda amaliy bilimlarini boyitishga qaratilgan.

Ma’naviy barkamollik, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va ijtimoiy mas’uliyatni oshirish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda!


Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.