favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“Dolzarb 90 kunlik” doirasida Toshkent davlat agrar universitetida yoshlarga qaratilgan madaniy, sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar izchil davom etmoqda!

view 43

O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti tyutori M. G‘ulomova tashabbusi bilan talaba-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida fitnes mashg‘ulotlari tashkil etildi. Shuningdek, 7-talabalar turar joyida ochilgan to‘garakda 23-20 guruh talabasi Nafisa Abdusaidova boshchiligida qizlar atlas matosidan “Yoqasiz o‘zbekcha atlas ko‘ylak” tikishni o‘rgandilar. Universitetimiz “Bo‘ston” musiqa va san’at ansambli esa yoshlar kayfiyatiga bayramona ruh bag‘ishlamoqda! “Yoshlar oyligi” va 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishtirokida yosh olimlar va iqtidorli talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbir yoshlarga ilhom baxsh etib, ularni ilmiy izlanishlarga chorladi. Qibray tumanida hamda Nurafshon shahri markazida bo‘lib o‘tgan “Yoshlar festivali”da universitetimiz faol talabalari, tyutorlar va dekan o‘rinbosarlari ishtirok etdi. Gala-konsert dasturi, sport bellashuvlari va ma’naviy-ma’rifiy loyihalarda yoshlar o‘z iqtidorlarini namoyish etdilar.

Birinchi prorektor J. Lapasov boshchiligidagi 150 nafar talaba va murabbiylardan iborat jamoamiz festivalda faol qatnashdi


Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.