Toshkent davlat agrar universitetining Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakultetining professor-o’qituvchilari hamda 60710500 – Elektr muhandisligi va 60710900 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan 1-bosqich talabalari nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish uchun Dual ta’lim tizimi doirasida hamkorlik o’rnatish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi “Qodriya gidroelektrostansiyasi” — yirik ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishishdi. Jarayon davomida korxona rahbari bilan talabalar uchun ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, korxona faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda kelgusida bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi.
Universitetimiz rektori tomonidan alohida e’tibor qaratilayotgan Dual ta’lim tizimi orqali talabalar nazariy va amaliy bilimlarni uyg‘unlashtirib, kelajakda ishbilarmonlik muhitiga tezda moslashish imkoniyatiga ega bo‘libgina qolmay amaliyot o’tayotgan tashkilotlarida ish faoliyatlarini davom ettirishga zamin yaratadi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



