logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Razzaqov Jasur Xamraboevich

2010-yilda Toshkent  davlat iqtisodiyot universitetining bakalavr bosqichini hamda 2013-yilda shu universitetining  magistratura mutaxassisligini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi. Iqtisod fanlari doktori, professor.

 

Oilali, uch nafar farzandi bor.

 

Mehnat faoliyati davomida o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimida,  oliy ta’lim tizimida mas’uliyatli lavozimlarda xizmat ko‘rsatgan.

 

Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan tub islohotlar jarayonida, jumladan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish,  qishloq xo‘jaligi sohasini modernizatsiya qilish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash hamda ilm-fan taraqqiyoti bilan bog‘liq ustuvor vazifalari  shu bilan birga, mamlakatimiz iqtisodiyotini, qishloq xo‘jaligi sohasida tadbirkorlikni rivojlantirish, zamonaviy agrobiznes texnologiyalarini joriy etish va oziq-ovqat zaxiralarini shakllantirish orqali aholining barqaror ta’minotini yo‘lga qo‘yish yo‘nalishida ham ulkan hissa qo‘shib kelmoqda.

 

 

2013/2014-yillarda  Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Shayxontohur akademik litseyida bo‘lim boshlig‘i, 2014/2020-yillarda Toshkent moliya instituti “Moliya” kafedrasi o‘qituvchisi,  2021/2022-yillarda Toshkent moliya instituti “Moliya-kredit” kafedrasi dotsenti, 2022/2023-yillarda Toshkent moliya instituti “Moliya” kafedrasi dotsenti, 2024-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” kafedrasi professori lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

 

 

Razzaqov Jasur Xamraboyevich Toshkent davlat agrar universiteti rektorining tegishli buyrug‘iga muvofiq 2025-yil fevral oyidan Toshkent davlat agrar universiteti “Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit” kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlangan.

 

 

Razzaqov Jasur Xamraboyevich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil  8-noyabr farmonlariga binoan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30-yilligi ko‘krak nishoni  shuningdek O‘zbekiston Fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining 2024-yil 30-noyabrdagi 24/8-sonli Qaroriga asosan “ILG‘OR FERMER” ko‘krak nishoni, hamda O‘zbekiston “VETERAN” jangchi faxriy birlashmasi tomonidan “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

  • Ta'lim

    • 2006-2011
      Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (bakalavr)
    • 2011-2013
      Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (magistrant)
  • Nashrlar

    • 2024
      DEVELOPMENT WAYS OF STOCK MARKET IN UZBEKISTAN (IN THE CASE OF “TASHKENT” REPUBLICAN STOCK EXCHANGE).
  • Grantlar

    • 2019-2025
      AM-ФЗ-201908169 «Kichik sanoat zonalari salohiyatini aniqlashning innovatsion elektron ta’minotini yaratish» mavzusidagi amaliy loiha.
  • Patentlar

    • 2022
      O‘zbekiston Respublikasi Prizdentining 08.11.2022 yildagi farmoni bilan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan
    • 2024
      O‘zbekiston Respublikasi Fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashining 2024 yil 30-noyabrdagi 24\8-sonli Qaroriga asosan “Ilg‘or fermer” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan.
    • 2025
      O‘zbekiston Respublikasi “Veteran” jangchi faxriy birlashmasi raisi tomonidan “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun” medali bilan taqdirlangan.
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.