Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Fanlar akademiyasi va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan hamkorlikda e’lon qilingan “Eng faol yil talabasi – 2025” respublika tanlovi doirasida Toshkent davlat agrar universitetida saralash bosqichi o‘tkazildi. Tanlov universitet ishchi guruhi tomonidan amalga oshirildi hamda ushbu tanlovni Toshkent davlat agrar universiteti Birinchi prorektori J. Lapasov ochib berdi. Tanlovda Toshkent davlat agrar universitetining uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan 2-, 3- va 4-bosqich talabalari 7 yo‘nalish bo‘yicha o‘zaro bellashdilar: Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi, yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi, yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi, yilning eng faol sportchi talabasi, yilning eng faol iqtidorli talabasi (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik yo‘nalishlari bo‘yicha), yilning eng faol ijodkor talabasi, yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun)
Saralash jarayonlari yuqori saviyada, ochiq va shaffof tarzda tashkil etildi. Ishtirokchilar o‘z ilmiy yutuqlari, ijodiy ishlar, sport natijalari, innovatision g‘oyalari hamda loyihalarini taqdim etib, hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholandi.
Universitet bosqichida yuqori natijalarga erishgan g‘oliblar Toshkent davlat agrar universitetining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlanadilar. Shuningdek, ular bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofotiga ega bo‘ladilar. G‘oliblar keyingi bosqichda universitetimiz sharafini munosib himoya qilishlari kutilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:



