logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi – Urganchda sun’iy intellekt tajribasi bilan tanishdi!

view 260

Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi Urganch shahriga xizmat safariga chiqib, sun’iy intellekt yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ilg‘or tajriba va innovatsion ishlanmalar bilan tanishdi. Safar davomida ishtirokchilar bu sohadagi zamonaviy loyihalar, innovatsion yechimlar hamda ularning amaliy natijalari bilan yaqindan tanishishdi. Safar ishtirokchilari Noraliyev Nurulla Xaydaraliyevich — Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasi mudiri, Abdusalomov Abdulxay Abduxalim o‘g‘li — Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi tarmoq administratori, Ne’matov Nursulton Shavkat o‘g‘li — “Agroinnovatsiya” inkubatsiya va akseleratsiya markazi muhandisi hamda Abdukarimov Kamoliddin — Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti, Iqtisodiyot yo‘nalishi 23-132i guruh talabasi ishtirok etdi. Safar davomida sun’iy intellekt texnologiyalarining agrar sohadagi qo‘llanilishi, ularning qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishdagi o‘rni va istiqbollari muhokama qilindi.

Toshkent davlat agrar universiteti raqamli transformatsiya va innovatsion yondashuvlarni faol qo‘llab-quvvatlaydi. Sun’iy intellekt texnologiyalarining agrar ta’lim va amaliyotda keng joriy etilishi — kelajak qishloq xo‘jaligini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.