favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar

Agar siz agroiqtisodiyotning yashirin hayotiy sirlarini ochishni va barqaror kelajakni yaratishni istasangiz – bu fakultet aynan siz uchun!

Fakultetda talabalar zamonaviy texnologiyalar, iqtisodiyot, biznesni boshqarish va buxgalteriya sirlarini o‘zlashtirib, innovatsion yondashuvlarni amaliyotda qo‘llashni o‘rganadilar.

 

Fakultetning tarixi 1952-yilga borib taqaladi. Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti bugungi kunga kelib nafaqat o‘z sohasining ilg‘or mutaxassislarini tayyorlabgina qolmay, balki qishloq xo‘jaligining yuksalishiga munosib hissa qo‘shmoqda.

 

 

Bugungi kunda fakultet tarkibida:

 

17 nafar fan doktori,

52 nafar fan nomzodi,

111 dan ortiq professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda.

Ularning sa’y-harakatlari natijasida shu kungacha 15220 nafardan ortiq mutaxassis hayotga yo‘l olgan.

 

 

Fakultet tarkibida quyidagi kafedralar faoliyat yuritadi:

 

Agroiqtisodiyot kafedrasi

Biznesni boshqarish kafedrasi

Buxgalteriya hisobi, taxlil va audit kafedrasi

Huquqshunoslik kafedrasi

Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi

 

 

Ushbu fakultetda ta’lim olish yashil iqtisodiyotda kelajak yaratish yo‘lida ishonchli qadamdir!

Ruzmetov Qudrat Shermetovich

Ruzmetov Qudrat Shermetovich

Dekan

Yutuqlar

  • 10> nafar
    Fakultetning davlat boshqaruv organlarida faoliyat yuritayotgan bitiruvchilari
  • 62%>
    Fakultet professor-o'qituvchilarining ilmiy salohiyati

Fakultet tarixi

2025

Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar

Fakultet boy tarixga ega bo‘lib, u 1952-yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi institutining Iqtisodiyot fakulteti tashkil etilganidan boshlanadi. 1978-yilda uning tarkibidan Buxgalteriya hisobi fakulteti ajralib, mustaqil o‘quv bo‘limiga aylandi. Uzoq yillar davomida bu yerda fan doktorlari, professorlar N.Bezrodnov, E.T.Shayxov, N.A.Xan, B.Abdalimov, A.Kuchkarov, G.Mirkarimov, R.Rajabov, R.Dusmuradov va boshqalar, shuningdek, fan nomzodlari, dotsentlar: S.Muxsimov, B.Raximov, S.Kariyev, X.Raximberdiyev, O.Nuriddinov, A.Muxsimov, T.Gulomov, J.Yodg‘orov, S.Karimov, R.Iskandarov, L.A.Kim, M.Riskiyev, Yu.Bedrosov, Sh.Ergashev, M.Isamuxamedova, S.Rasulova, Ch.Muradov, X.Nurmuratov, S.Raximov, A.Usmonova, N.Kiselyov, O.Muzropov, R.Mosheyev, D.Mirzayeva, D.Shutova, O.Mahmudov, M.Rixsiyev, G.Mirkarimov, A.Qoriyev, E.Xonxadjayev, K.Mirzayeva, R.Xalilxodjayev, Z.Lutfullayev, A.Mamadaliyev, N.Aliyev, M.Nigmatov; katta o‘qituvchilar: N.Raximov, Y.Raximov, J.Yuldashev, G.Sultanova, A.Erov, A.Ishanxadjayev, T.Norkulov, D.Yusupov, Sh.Mannonov, Sh.Salixov, M.Axmadov, A.Norkobilov, L.Mutaxarov, Sh.Kurbanov, E.Karimov va boshqalar fakultet faoliyati va agrar ta’lim sohasi riyojiga katta hissa qo‘shgan.
Moskva K.A. Timiryazyev nomidagi qishloq xo‘jaligi akademiyasi va boshqa oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda o‘quv rejalari, dasturlari, shuningdek, mutaxassislar tayyorlash uchun darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari ishlab chiqildi.
Fakultet bitiruvchilari orasida mahalliy talabalardan tashqari, Lоtin Amerikasi, Afrika, Xitoy, Laos, Vetnam, Kuba, Nepal va Birlashgan Arab Amirliklari kabi mamlakatlardan kelgan talabalar ham tahsil olgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-avgustdagi PQ-421-sonli Qarori va 2019-yil 26-avgustdagi Qishloq xo‘jaligi vazirining 132-sonli buyrug‘iga asosan, 2019-yil sentabrdan boshlab fakultet "Agrologistika va biznes" fakulteti deb nomlandi.
Bugungi kunda fakultet yuqori ilmiy-pedagogik salohiyatga ega bo‘lib, mutaxassislarni tayyorlashda va respublikada agrar sohani rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Fakultetning bitiruvchilari nafaqat qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida, balki davlat boshqaruvi organlarining turli bo‘g‘inlarida rahbarlik lavozimlarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqdalar.
Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.