favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Agroiqtisodiyot

“Agroiqtisodiyot” kafedrasi – zamonaviy iqtisodiy bilimlarni beruvchi, innovatsion fikrlaydigan va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlovchi yetakchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot markazidir.

 

Kafedra mamlakatimiz agrar iqtisodiyotining turli tarmoqlari uchun chuqur nazariy bilimga ega, amaliy ko‘nikmalar bilan qurollangan yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan.

 

Kafedra huzurida “Agroiqtisodiyot” yozgi maktabi tashkil etilgan.  Kafedrada “Kreativ iqtisodiyot va marketing” ilmiy to‘garagi, amaliy seminarlar, ilmiy maqola va tadqiqotlar ustida ishlovchi guruhlar faoliyat yuritadi. Talabalar ilmiy loyihalarda ishtirok etish orqali chuqur amaliy tajriba orttirishadi.

 

“Agroiqtisodiyot” kafedrasi hozirda davlat idoralari, xususiy sektor, ilmiy-tadqiqot muassasalari va xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda loyihalar olib boradi. Talabalar amaliyot va tajriba almashinuvi dasturlari orqali ishbilarmonlik muhitini bevosita o‘rganish imkoniga ega bo‘ladilar.

 

 

Kafedra yuqori salohiyatga ega

 

Kafedrada tajribali professor-o‘qituvchilar, ilmiy darajaga ega mutaxassislar va faol yosh tadqiqotchilar faoliyat olib boradi. O‘quv jarayoni zamonaviy metodlar va interaktiv uslublar asosida olib boriladi. Talabalarga iqtisodiy tahlil qilish, strategik fikrlash va qaror qabul qilish ko‘nikmalari shakllantiriladi.

 

  • 30 nafar professor-o‘qituvchilar
  • 2 nafar Dsc tayanch doktorant
  • 2 nafar PhD tayancha doktorant
  • 11 nafar mustaqil izlanuvchi
  • 2 nafar magistr
  • Ilmiy salohiyat — 49%
  • 1nafar akademik, 4 nafar professor, 8 nafar dotsent
  • 95% bitiruvchilar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashmoqda

 

 

 

Kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishlari

 

Qishloq xo‘jaligida transformatsiya jarayonlari va raqamli iqtisodiyotning rolini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish;

  • * Mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning nazariy-uslubiy asoslarini takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha izlanishlar olib boorish;
  • * O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish: vazifalari, afzalliklari va kamchiliklari bo‘yicha o‘rganishlar olib boorish;
  • * Qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish omillarini ntadqiq etish;
  • * Bog‘dorchilikda innovatsion texnologiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha tadqiqotlar olib boorish;
  • * Yer resurslaridan foydalanish samaradorligini baholash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boorish;
  • * O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi holati o‘rganish va yaxshilash bo’yicha tadqiqotlar o‘tkazish.

 

 

 

 

Ochilov Ilhom Sayitqulovich

Ochilov Ilhom Sayitqulovich

Kafedra mudiri

Bakalavr

Magistratura

Xodimlar

  • Gulyamov Sаidаsror Sаidаxmеdovich
    Gulyamov Sаidаsror Sаidаxmеdovich
    Professor
  • Saidov Muhammad Ali Khakimovich
    Saidov Muhammad Ali Khakimovich
    Professor
  • Xalikov Suyun Ravshanovich
    Xalikov Suyun Ravshanovich
    Professor
  • Ashurmetova Nigora Azatbekovna
    Ashurmetova Nigora Azatbekovna
    Dotsent
  • Akabirova Dilora Nigmatovna
    Akabirova Dilora Nigmatovna
    Dotsent
  • Saidova Dildora Nurmatovna
    Saidova Dildora Nurmatovna
    Dotsent
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.