Toshkent davlat agrar universiteti uch bosqichli “Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalariga mezbonlik qildi. Musobaqa yuqori ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, gandbol bo‘yicha qizg‘in bahslar bo‘lib o‘tdi.
Murosasiz va yuqori tempda o‘tgan o‘yinlar natijasiga ko‘ra shohsupani quyidagi jamoalar egalladi:
Qizlar jamoalari ishtirokida:
🥇 1-o‘rin: Chirchiq davlat pedagogika universiteti
🥈 2-o‘rin: Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti
🥉 3-o‘rin: Toshkent davlat agrar universiteti
O‘g‘il bolalar jamoalari:
🥇 1-o‘rin: Chirchiq davlat pedagogika universiteti
🥈 2-o‘rin: Olmaliq davlat konchilik universiteti
🥉 3-o‘rin: Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti
Mazkur musobaqalar talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bilan birga, ularning jismoniy salohiyatini oshirish va universitetda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
G‘olib jamoalarni tabriklaymiz va olimpiadaning final bosqichida ularga ulkan zafarlar tilaymiz!
Ijtimoiy tarmoqlar:



