Gilos eng ertapishar danakli mevalardan biri hisoblanadi. U nafaqat respublikamizda, balki dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida sevib iste’mol qilinadi. Gilos mevasi sersuv, zich, yoqimli xo‘raki bo‘lib, uning tarkibida organizmimiz uchun muhim bo‘lgan kalsiy, temir, magniy, fosfor, kaliy, natriy minerallariga ham boy. O‘zbekistonda sharoitida gilosning eng yaxshi moslashgan navlarni ekish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Gilos tuproq iqlim sharoitiga juda talabchan: unumdor yerlarda yaxshi rivojlanib o‘sadi, shag‘alli tuproqlarga ham yaxshi moslasha oladi. Sho‘rlangan, namligi ortiqcha yoki namlik yetishmaydigan yerlarga moslasha olmaydi. Shag‘al qatlami yuza joylashgan yerlarda sekin va kuchsiz o‘sadi. Gilos havo namligini uncha talab qilmaydi, biroq, mevalari pishayotgan davrda yomg‘ir yog‘ishi ularni yorilib ketishiga olib keladi. Mevali gilos daraxti 5-6 yildan so‘ng hosil bera boshlaydi. Gilosning yuzga yaqin navi ma’lum bo‘lib, O‘zbekistonda eng ko‘p Qora gilos, Samarqand gilos, Дрогона жёлтая, Revershon, Воловые сердсе, Клон Элтона, Sarvi surxoni, Bahor, Pushti napaleon va boshqa navlari ekiladi. Gilos bog‘larida ko‘chatlar oralari sug‘oriladigan bo‘z tupoqlarda 6×5, shag‘al tuproqli yerlarda esa, 6×5,5×5 sxemalarda bo‘ladi. Gilos ko‘chatlarini hali kurtagi uyg‘onmasidan avval, fevral oyining oxiri – mart oyining boshlarida ekiladi. Ko‘chat ekishdan oldin har bir o‘raga 300-400 g fosfor, 30-40 g kaliy va 5-6 kg chirigan go‘ngni tuproqqa aralashtirib solinsa, ko‘chatlar yaxshi rivojlanadi. Bunda ko‘chatlar tagiga hali chirimagan yangi go‘ng solingan taqdirda ko‘chatlar qurib qolishi mumkin. Boshqa ko‘chatlarni ekishdagi kabi gilos ko‘chatini ekishda ham, ekishdan oldin ko‘chat ildizini maxsus go‘ng va tuproq aralashtirib tayyorlangan suyuq loyga botirib olinadi va so‘ngra ekiladi. Undan so‘ng chuqurga to‘ldirib suv quyiladi. Ekishda ko‘chatning payvandlangan joyi tuproq bilan ko‘milib qolmasligi va yerdan 4-5 sm yuqoriroqda joylashishi zarur. Sug‘orish jarayonida ham ko‘chatning payvandlangan joyiga suv yetib bormagani maqul.
Gilos ko‘chatlariga ikkinchi yildanoq shakl beriladi. Shakl berishda qavatlash usulidan foydalaniladi. Ya’ni asosiy o‘q novdalar 70-80 sm joyidan kesiladi. Daraxtning yoshi kattalashib novdalari ko‘paygan sari asosiy yo‘g‘on shoxlardan ham ba’zilari kesilib yoshartiriladi.
Gilosning xosildorligi shoda novdalar soni va ularning saqlanib qolishiga bog‘liq. O‘suv novdalarida 20-30 %, shoda novdalarida 70-80 % gulkurtak joylashadi. Gilosning yoshi ortishi bilan hosili shoda novdalarda to‘planadi. Gilos aprel oyining boshlarida gullaydi, ertagi navlari may oyining boshlarida, ayrim hollarda esa aprel oxirlarida pishib yetiladi. Vegitatsiya davri 240-250 kun davom etadi.
Bog‘larga bir – xil gilos navlari o‘tqazish tavsiya qilinmaydi. Chunki bunday hollarda, yuqori xosil olish imkoni pasayadi. Shuning uchun ular orasiga changlatuvchi navlar ekish zarur. Gilosdan doimiy mo‘l hosil olish uchun bir vaqtda gullaydigan navlarni tanlab o‘tqazish talab etiladi. Qora gilos, Баҳор, Францис, Рамон Олива, Дрогона жёлтая, Қора Наполеон, Наполеон розовый kabi turlari eng qimmatli changlatuvchi navlar xisoblanadi.
Sug‘orish – gilosni tuproq iqlim sharoitidan kelib chiqib, 6 martadan 10 martagacha sug‘oriladi. Unumdor tuproqlarda odatda 6-8 marta sug‘orilib, 800-1000m3 atrofida suv sarflanadi. Shag‘alli tuproqlarda esa 8-10 marta sug‘oriladi va 600 m3 suvdan foydalaniladi.
O‘g‘itlash jarayoni tuproq unimdorligiga qarab amalga oshiriladi. Mineral o‘g‘itlar, 100-120 kg azot, 100-120 kg fosfor, 60-70 kg kaliy o‘g‘itlari sof holda solinadi. Hosildorlik 110-150 s/ga.
Ijtimoiy tarmoqlar: