favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti akademik litseyi bitiruvchilariga tantanali diplom topshirish marosimi o’tkazildi

view 67

Bugun Toshkent davlat agrar universitetining faollar zalida akademik litseyning “Kelajagi porloq aziz bitiruvchilar” nomli bitiruv bayrami bo‘lib o‘tdi. Har bir bitiruvchining qalbida quvonch, ko‘zlarida porloq ertangi kunlarga ishonch barq urar edi. Tadbirni universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S.Boboyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. U yoshlarga ezgu tilaklar bildirib, bugungi avlodning bilim va salohiyati yurt ravnaqining mustahkam tayanchi bo‘lishiga ishonch bildirdi. Marosimda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi vakillari, universitet professor-o‘qituvchilari, litsey rahbariyati va albatta, ota-onalar ishtirok etishdi. 2024/2025-o‘quv yilida 144 nafar bitiruvchi litseyni muvaffaqiyatli tamomladi. Ular orasida 3 nafari oltin medal, 33 nafari “A’lo darajali diplom”, 95 nafari milliy va xalqaro sertifikatlar egasi, 25 nafari esa allaqachon OTMlarga muddatidan avval talabalikka qabul qilingan yoshlardir. Bu natijalar esa akademik litseyning salohiyatini yuqori ekanligini yaqqol isbotidir. Bitiruvchilarga diplomlar, medallar va tashakkurnomalar Qishloq xo’jaligi vazirligi vakili E.Tog'aymurodov, o’quv ishlar bo’yicha prorektor S.Boboyev, universitet “Nuroniylar jamg’armasi raisi X.Sheraliyev, Akademik litsey ijrochi direktori S.Kaxramonov, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Xasanjanova hamda TDAU Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi boshlig‘i S.Isroilov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirning badiiy qismida esa, “Agrar yulduzlari” ashula va raqs ansamblining kuy-qo’shiqlari yig’ilganlarga yuqori kayfiyat bag’ishladi.Ushbu marosim nafaqat ilm olamida yetilgan yoshlarga baho, balki yillar davomida sabr-toqat bilan tarbiya bergan ustozlar va mehr-muhabbatini ayamagan ota-onalarning mehnatiga ehtirom ifodasidir. Bitiruvchilarning beg‘ubor tabassumlari, bayramona ruh va kelajakka porloq nigohlar bugungi kunni unutilmas voqeaga aylantirdi.


Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.