logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“Global iqlim o‘zgarishi sharoitida oziq-ovqat va mahsulotlar xavfsizligini ta’minlash orqali barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyada TDAU jamoasi faol ishtirok etdi

view 262

Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida “Global iqlim o‘zgarishi sharoitida oziq-ovqat va mahsulotlar xavfsizligini ta’minlash orqali barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi. Mazkur konferensiyada Toshkent davlat agrar universiteti rektori N.Oblomuradov boshchiligida universitetning professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdi. Tadbirda davlat tashkilotlari vakillari, yetakchi soha ekspertlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy ta’lim muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlar, xususiy sektor hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad global iqlim o‘zgarishlari sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, agrosanoat mahsulotlari sifatini yaxshilash, iqlimga mos innovatsion yechimlarni amaliyotga joriy etish hamda BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish istiqbollarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.