Toshkent davlat agrar universiteti “Kitobxonlik Akademiyasi” hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi hamkorligida “Globallashuv davrida tilimiz va o‘zligimizni asrash uchun birinchi navbatda nimalarga e’tibor qaratishimiz kerak?” mavzusida navbatdagi ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv mehmoni — xalqaro turkologiyada uzoq vaqt davomida noma’lum bo‘lib kelgan qadimgi bitiklar sirlarini o‘rganib, ularning zamonaviy o‘zbek shevalari bilan bevosita bog‘liqligini ilmiy asosda isbotlagan taniqli tilshunos olim, tarixchi va intellektual kontent muallifi Eldar Asanov bo‘ldi.
Uchrashuvda Toshkent davlat agrar universiteti rahbariyati, tilshunos olimlar, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Ochiq va jonli muloqot davomida yozma manbalar va og‘zaki tarix o‘rtasidagi bog‘liqlik hamda ziddiyatlar, milliy o‘zlikni anglash jarayonlari, jadidlarning ma’rifatparvarlik harakati, ona tilining bugungi taraqqiyotdagi o‘rni va uni asrab-avaylash masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:









