Toshkent davlat agrar universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faol a’zolari, “Oltin qanot” klubi a’zolari va Xorijiy mehmonlari bilan birgalikda yurtimizning tarixiy va madaniy merosini chuqur o‘rganish, yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida Samarqand shahrining muhtasham va betakror maskanlariga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida ishtirokchilar Registon maydoni, Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi hamda Mirzo Ulug‘bek madrasasi kabi tarixiy obidalarni ziyorat qilib, ularning boy tarixi va ma’naviy ahamiyati bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur tashabbus yoshlar o‘rtasida ichki turizmni ommalashtirish, milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish hamda tarixiy merosimizga bo‘lgan hurmatni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Yurtimizning har bir go‘shasi bebaho boylik! Uni kashf etish esa bizning burchimiz!
Ijtimoiy tarmoqlar:



