Bugun Toshkent davlat agrar universitetida o‘tkazilayotgan ochiq muloqot chog‘ida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi. Vazir o‘z nutqida qishloq xo‘jaligida mahsulotni to‘g‘ri tijoratlashtirish, bozor iqtisodiyotini chuqur anglash, hamda xalqaro va mahalliy narxlar orasidagi tafovutni tahlil qilish muhimligini ta’kidladi. Mo’g’ulistondagi tarvuz eksporti tajribasini misol qilib keltirib, ichki va tashqi bozor narxlari farqi ishlab chiqaruvchiga qo‘shimcha daromad olib kelishini ta’kidladi. Jumladan, Toshkent davlat agrar universitetining O‘quv-ilmiy tajriba xo‘jaligidagi oʻzgarishlar va islohotlarni, shuningdek, kuni kecha o‘tkazilgan “G‘alla sayli” ga e’tibor qaratib, alohida e’tirof etdi.
Shuningdek, vazir bu kabi jarayonlar davomli bo‘lishi zarurligini ta’kidlab, yoshlarni bozor tahliliga asoslangan yondashuvga chorladi.
Jarayon davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar: