Hind anori - diabet, yuqori qon bosim va toksinlarga qarshi tabiat mo‘jizasi! Dorivorligi: Momordica charantia L. qandli diabetga qarshi samarali tabiiy vosita sifatida mashhur. O‘simlik ovqat hazmini yaxshilaydi, qonni tozalaydi, glyukoza miqdorini tartibga soladi. Organizmni umumiy detoksifikatsiya qiladi, immunitetni mustahkamlab, yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega. O‘simlikning xom ashyosi tarkibida diabetga qarshi faol modda (Charantin), insulin o‘rnini bosuvchi tabiiy oqsil-peptid (Polipeptid-P), flavonoidlar, alkaloidlar, vitamin C va pigmentlar (beta-karotin) hamda makra va mikroelementlar majud.
Ilmiy nomi: Hind anori (Momordica charantia L.), xalq tilida esa Karela, Achchiq qovun yoki Momordika deb ataladi.
Xom ashyosi: Mevasi, urug‘i, bargi va ildizi (Fructus, Semen, Folium et Radix Momordicae)
Shifobaxsh xususiyatlari:
• Qandli diabetga qarshi tabiiy vosita;
• Qon bosimini me’yorda ushlaydi;
• Organizmni toksinlardan tozalaydi;
• Ichki organlar faoliyatini yaxshilaydi (jigar, buyrak, oshqozon);
• Teridagi yallig‘lanishlarga qarshi (akne, ekzema);
• Virusli kasalliklar va shamollashga qarshi;
• Immunitetni mustahkamlovchi tabiiy vosita.
Qanday qo‘llaniladi?
• Quritilgan mevalari asosida choy sifatida damlab ichiladi;
• Sharbati (yangi siqilgan holda) ichiladi;
• Kapsula, tabletka yoki biofaol qo‘shimcha shaklida tayyorlanadi;
• Oziq-ovqatlarda ham foydalaniladi (suyuq sabzavot taomlari, salatlar).
Eslatma: Homilador ayollar, bolalar va qandli diabet bilan davo olayotgan shaxslar shifokor bilan maslahatlashib iste'mol qilishlari lozim. Haddan tashqari iste'mol qilish qon shakarini keskin tushib ketishiga sabab mumkin.
Muallif: TDAU “Dorivor o‘simliklar” kafedrasi tayanch doktoranti G. Abduraxmonova
Hind anori – diabet, yuqori qon bosim va toksinlarga qarshi tabiat mo‘jizasi!
2 Avgust 2025
