logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Hosildorlikni oshirishning tabiiy yo‘li — biogumus va uning afzalliklari

view 151

Ekin hosili va tuproq unumdorligini oshirish masalasi doim dolzarb. Samaradorlik uchun ko‘plab mineral va kimyoviy o‘g‘itlar qo‘llanilsa-da, ularning hech biri biogumusning o‘rnini to‘liq bosa olmaydi. Sababi, biogumus — tabiatning o‘zi yaratgan mukammal oziqlantirish tizimidir. Biogumus – organik xomashyolardan tabiiy yo‘l bilan ishlab chiqarilgan biokompost bo‘lib, tarkibida o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan barcha makro va mikroelementlar, fermentlar, vitaminlar, tabiiy antibiotiklar hamda o‘sish va rivojlanishni rag‘batlantiruvchi gormonlar mavjud. Bu o‘g‘it nafaqat oziqlantiruvchi, balki tuproqni “tiriltiradigan” mikrobiologik kompleks hamdir. Uning tarkibida tuproq unumdorligini shakllantiruvchi foydali mikroorganizmlar jamlangan. Shu bilan birga, unda patogen mikroflora, gelmint tuxumlari, zararli sodda organizmlar sistalari, sinantrop chivinlar lichinkalari va begona o‘t urug‘lari mutlaqo uchramaydi. Biogumusning yana bir ustun jihati – o‘simliklar uni butun vegetatsiya davrida oson va bosqichma-bosqich o‘zlashtiradi. U ochiq yerga erta bahordan kech kuzgacha qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan, uzoq muddatli ta’sirga ega organik o‘g‘it hisoblanadi. Bir marta qo‘llanilgan biogumusning samarasi 4–7 yil davomida saqlanadi. Biogumus bilan o‘g‘itlangan maydonlarda hosil 10–15 kun oldin pishadi, o‘simliklar kasalliklarga va sovuqqa nisbatan chidamli bo‘ladi. U uzoq muddat davomida (kamida 3 mavsum) qo‘llanilganda, kimyoviy zaxarli vositalardan foydalanishni keskin kamaytirish, hatto butunlay voz kechish imkonini ham beradi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.