logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Ilmda yangilik : Toshkent davlat agrar universiteti òquv-ilmiy tajriba xójaligida universitet olimlari tomonidan noyob «Zuriat» yonģoģining yangi navi ilk marta iqlimlashtirildi.

view 74

Bugun dunyo qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi oldida turgan dolzarb masalalardan biri — inson salomatligi uchun foydali, ekologik toza va noyob ekinlarni yetishtirishdir. Shu nuqtayi nazardan, mamlakatimiz ilm-fanida muhim qadam qo‘yildi. Toshkent davlat agrar universiteti o‘quv-tajriba xo‘jaligida Zuriat yong‘og‘ining yangi navi ilk marta uruģidan muvaffaqiyatli undirildi. Bu ishni qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, seleksioner, dotsent M.Faxriddinov tashabbusi bilan amalga oshirildi. Hozirda o‘simlikning vegetatsion jarayonlari o‘rganilmoqda. M.Faxriddinovning ta’kidlashicha, agar tajriba muvaffaqiyatli yakunlansa, Zuriat yong‘og‘ining yangi navi mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida keng miqyosda yetishtirilib, amaliyotga tatbiq etiladi. Bu esa nafaqat mahalliy iste’molchilarga sog‘lom mahsulot manbai bòladi, balki eksport hajmi ham sezilarli darajada òsadi. Doum palma yoki Zuriat yong‘og‘i nomlari bilan mashhur bo‘lgan daraxt ilk bor O‘zbekistonda muvaffaqiyatli tarzda undirilmoqda. Balandligi o‘n besh metrgacha o‘sadigan bu o‘simlik Arecaceae oilasiga mansub bo‘lib, asosan issiq va quruq iqlim sharoitida barq uradi.

Zuriat mevasi qadimdan o‘zining shifobaxsh xususiyatlari bilan mashhur. Tarkibida mavjud S vitamini va kuchli antioksidantlar inson immunitetini mustahkamlash, yallig‘lanish jarayonlarini kamaytirish, qon aylanish hamda ovqat hazm qilish tizimini yaxshilashga xizmat qiladi. Shu bois bu òsimlik barchaga birdek qiziq albatta! Mazkur tashabbus O‘zbekiston seleksiya sohasida yangi davrni boshlab berishi, yangi qishloq xo‘jaligimizni boyitishi shubhasiz.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.