logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Ilmiy loyiha natijalari amaliyotda o‘z samarasini bermoqda

view 34

Toshkent davlat agrar universiteti Agronomiya va agrotexnologiyalar kafedrasida amalga oshirilayotgan AL-8724052952 raqamli ilmiy loyiha doirasida muhim natijalarga erishilmoqda. Loyiha rahbari, professor Jamoliddin Eshonqulov boshchiligidagi ilmiy jamoa Farg‘ona viloyatidagi “Imomali Qosimovich” fermer xo‘jaligida kuzgi bug‘doy bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba maydonlarida hosil yig‘im-terimi jarayonida ishtirok etdi.

Loyiha doirasida universitetning 2-bosqich tayanch doktoranti R. Zokirjonov tomonidan 06.01.02 – Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik ixtisosligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Tadqiqotlar natijasida ilgari nisbatan kam hosil olingan maydonlarda agrotexnik tadbirlarni ilmiy asosda tashkil etish va zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash orqali hosildorlik sezilarli darajada oshirildi.

Fermer xo‘jaligi rahbarining ta’kidlashicha, 2025–2026-yillarda ushbu maydonlarda hosildorlik 30–40 sentnerga ko‘paygan. Tajriba maydonlarida agrotexnik tadbirlarning to‘g‘ri tashkil etilishi, suv tejamkor sug‘orish texnologiyalarining joriy etilishi va ilmiy tavsiyalarga asoslangan yondashuvlar natijasida kuzgi bug‘doyning o‘rtacha don hosildorligi gektaridan 75–80 sentnerni tashkil etdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.