9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk gʻalabaning 81 yillik bayrami bilan munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni, universitetimiz jamoasini, talabalarimiz va aziz faxriylarimizni samimiy muborakbod etamiz! Ikkinchi jahon urushi maydonlarida mardlik ko‘rsatgan, front ortida fidokorona mehnat qilgan ota-bobolarimizning ruhi hamisha barhayot bo'lsin. Bugungi musaffo osmonimiz, to‘kin dasturxonimiz va yoshlarimizning porloq kelajak sari dadil qadam tashlayotgani aynan shu tinchlik natijasidir. Uni asrab-avaylash har birimizning burchimizdir. Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi nomidan yurtimizdagi barcha faxriylarga uzoq umr, sihat-salomatlik va xonadonlariga fayzu baraka tilaymiz. Jonajon yurtimizning osmoni doimo musaffo, mehnatkash va donishmand xalqimiz hamisha omon boʻlsin
Ijtimoiy tarmoqlar:
