logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Issiqxonalarda harorat va namlikni nazorat qilish

view 200

Issiqxonalarda barqaror harorat va namlikni ta’minlash o‘simliklarning sog‘lom o‘sishi, kasalliklarning oldini olish va yuqori hosildorlikka erishishda muhim omil hisoblanadi.
Harorat nazorati kunduzgi optimal harorat: 20–26°C, tungi optimal harorat: 15–18°C bòlishi kerak. Haroratning keskin pasayishi o‘simliklarda stress va o‘sishning sekinlashishiga olib keladi. Issiqxonani muntazam isitish va shamollatish, termometr va avtomatik sensorlardan foydalanish, sovuq tushganda issiqxona yopilishini kuchaytirish zarur.Namlik nazorati optimal nisbiy namlik: 60–75% bòlishi kerak. Namlik ortishi zamburug‘li kasalliklar rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Namlik yetishmasligi barglarning qurishiga olib keladi. Tomchilatib sug‘orish usulidan foydalanishda ortiqcha namlikda shamollatishni kuchaytirish, sug‘orishni ertalabki soatlarda amalga oshirish zarur. Kasalliklarning oldini olish uchun issiqxonani muntazam dezinfeksiya qilish, kondensat (tomchilanish) hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, o‘simliklar orasidagi masofani saqlash talab etiladi

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.