logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

MAKTAB VA OLIYGOH HAMKORLIGI: TDAUDA QIBRAY TUMANI MAKTAB JAMOALARI BILAN «OCHIQ ESHIKLAR KUNI» UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

view 34

Toshkent davlat agrar universitetida maktab va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlashga qaratilgan "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi. Tadbirda Qibray tumanidagi umumta’lim maktablari direktorlari ishtirok etib, universitetda yaratilgan zamonaviy sharoitlar, o‘quv jarayonlari va talabalar tomonidan tayyorlangan “Art galeriya” ijodiy ishlar ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlarda ayniqsa ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan laboratoriyalar va innovatsion o‘quv auditoriyalari katta taassurot qoldirdi.

Uchrashuvning asosiy e’tibori abituriyentlarni oliy ta’limga sifatli tayyorlash masalasiga qaratildi. Shu maqsadda universitetda tashkil etilgan Kimyo, Biologiya, Matematika, Fizika va Ingliz tili fanlari bo‘yicha intensiv tayyorlov kurslari haqida batafsil ma’lumot berildi. Ta’kidlash joizki, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun ushbu kurslarning mutlaqo bepul ekanligi hamda kurslarni muvaffaqiyatli tamomlab, yuqori ball bilan o‘qishga kirgan abituriyentlarning 10 foiziga kontrakt to‘lovining 50 foizi qoplab berilishi yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning muhim mexanizmi sifatida e’tirof etildi.
Shuningdek, universitet rektori Narzullo Oblomuradov bilan bo‘lib o‘tgan ochiq va samimiy muloqot davomida o‘quvchi va o‘qituvchilarga oliygohda yo‘lga qo‘yilgan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari, grant imkoniyatlari hamda qishloq xo‘jaligining bugungi kundagi nufuzi haqida batafsil ma’lumot berildi. Rektor o‘z nutqida zamonaviy agrar soha nafaqat dala ishlari, balki yuqori texnologiyalar va raqamli yechimlar uyg‘unligi ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Talabalar uchun qo‘shimcha o‘quv binolari va zamonaviy sport obyektlari qurilayotgani hamda ular yaqin vaqt ichida foydalanishga topshirilish arafasida ekanligi qayd etildi. Ushbu uchrashuv maktab bitiruvchilari uchun zamonaviy agrar soha nufuzini anglash va kelajakdagi kasbiy yo‘nalishlarini aniq belgilab olishda muhim qadam bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.