Limon (Citrus limon L.)organizmni tozalaydi, shamollash va grippda tez tiklanishga yordam beradi, yurak hamda jigar faoliyatini yaxshilaydi. Limon kuchli antioksidant bo‘lib, virus va bakteriyalarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, qon tomirlarni tozalaydi va qon aylanishini yaxshilaydi. Uning mevasi Fructus Citri dorivor xomashyo sifatida ishlatiladi. Limon immunitetni mustahkamlaydi, qon bosimini me’yorda ushlab turadi, teri va soch salomatligini saqlashga yordam beradi, jigar faoliyatini yaxshilaydi. Uni yangi siqilgan sharbat sifatida ichish, choyga yoki iliq suvga qo‘shib iste’mol qilish, shuningdek, ovqatlarda ziravor yoki bezak sifatida ishlatish mumkin. Farmatsevtikada esa u vitamin C manbai sifatida kapsula va sirop holida qo‘llaniladi. Limonni me’yordan ortiq iste’mol qilish oshqozon kislotaliligini oshiradi. Oshqozon yarasi yoki gastriti bo‘lganlar esa uni shifokor tavsiyasi bilan iste’mol qilishlari tavsiya etiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:
