logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Madridda Oʻzbekiston va Ispaniya OTMlari rektorlarining birinchi forumi bo’lib o’tmoqda

view 37

Ispaniya Qirolligining Madrid va Barselona shaharlarida Oʻzbekiston hamda Ispaniya oliy taʼlim muassasalari rektorlarining birinchi forumi oʻz ishini boshladi. Mazkur nufuzli tadbir ikki davlat oʻrtasidagi taʼlim va ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.

Forumda Oʻzbekistonning 30 nafarga yaqin oliy taʼlim muassasalari rahbarlari va vakillari ishtirok etmoqda. Ular qatorida Toshkent davlat agrar universiteti nomidan Xalqaro hamkorlik, transformatsiya va strategik rivojlanish boʻyicha prorektor Abduaziz Abduvasikov ham qatnashmoqda.

Forum doirasida Ispaniyaning yetakchi universitetlari bilan taʼlim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish, ilmiy loyihalarni amalga oshirish, professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvini tashkil etish, qisqa muddatli stajirovkalarni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilinmoqda.

Shuningdek, tomonlar oʻrtasida maʼruzalar, seminarlar, mahorat darslari va ilmiy tadbirlarni hamkorlikda tashkil etish, ilgʻor xalqaro tajribalarni oʻrganish hamda akademik aloqalarni kengaytirish yuzasidan fikr almashilmoqda.

Forum yakunlari boʻyicha istiqbolli yoʻnalishlarda hamkorlik memorandumlari va kelishuvlarni imzolash, taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan qoʻshma loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.