logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

MAKTAB VA UNIVERSITET O‘RTASIDAGI UZVIYLIK: KELAJAK KADRLARI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR

view 34

“Xalq so‘zi” gazetasida Toshkent davlat agrar universitetida o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” haqida maqola e’lon qilindi. Unda maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga tayyorlashning yangi va samarali mexanizmlari haqida so‘z boradi.
Sifatli tayyorlov kurslari: Universitetda kimyo, biologiya, matematika, fizika va ingliz tili fanlaridan intensiv kurslar tashkil etilgan. Ijtimoiy ko‘mak: Ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun ushbu kurslar mutlaqo bepul. Rag‘batlantirish: Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlab, yuqori ball bilan o‘qishga kirgan abituriyentlarning 10 foiziga shartnoma to‘lovining 50 foizi qoplab beriladi.
Maktab direktorlari universitetning zamonaviy laboratoriyalari, innovatsion auditoriyalari hamda talabalar tomonidan tayyorlangan “Art galeriya” ijodiy ishlar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar. Shuningdek, talabalar uchun yangi o‘quv binolari va zamonaviy sport obektlari qurilayotgani ma’lum qilindi.
Universitet rektori Narzullo Oblomuradov bilan kechgan samimiy suhbatda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari, grant imkoniyatlari va bugungi agrar sohaning yuqori texnologik va raqamli qiyofasi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.