logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

MA’NAVIYAT MASKANIGA SAYOHAT: TALABALAR OYBEK UY-MUZEYIDA

view 74

Toshkent davlat agrar universiteti O'simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakultetining 25-24 guruh talabalari O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, professor S.Xolmirzayeva hamda o'qituvchi Yu.Boboyev tashabbusi bilan atoqli adib Oybek uy-muzeyida bo'lishdi. Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida talabalar Oybek va Zarifa Saidnosirovalarning ibratli hayot yo‘li, ulkan ijodiy merosi hamda ular tomonidan yaratilgan badiiy va ilmiy asarlar bilan yaqindan tanishdilar.

Muzey direktori Aynur Toshmuhammedova talabalar bilan samimiy muloqot o‘tkazib, maskan tarixi va adib xonadonidagi nodir eksponatlar haqida so‘zlab berdi hamda yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob qaytardi.
Muzey ma’muriyati tomonidan talabalarga qimmatli kitoblar sovg‘a qilindi. Boy taassurotlar va yangi bilimlar bilan qaytgan talabalar uchun ushbu sayohat chinakam ma’naviy ozuqa bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.