Yejevika (Rubus fruticosus L.) ko‘p yillik, butasimon rezavor mevali o‘simlikdir. U ra’noguldoshlar (Rosaceae) oilasiga mansub bo‘lib, asosan Yevropa, Amerika, Kavkaz va Markaziy Osiyoda keng tarqalgan. Mevalari vitamin (S, Ye, K), mineral, organik kislotalar va antioksidantlar manbai. Tibbiyotda jigar, oshqozon, shamollash va yurak-qon tomir kasalliklari uchun tavsiya etiladi.
Oziq-ovqat sanoatida muzlatib, kompot, murabbo, sharbat jdem tayyorlashda va konditer sanoatida keng foydalaniladi.
Manzarali va ekologiya uchun ahamiyatli: doimiy yashil barglari havoni kislorodga boyitadi va o`simlikning ildiz tizimi tuproqni eroziyadan saqlaydi. Hosildorligi yuqori: 1 gektardan 8–12 tonnagacha rezavor meva olish mumkin. Qisqa muddatda 2-3 qo‘llanilganda yaxshi natija beradi. O‘simlikni ko‘paytirish jarayonida garmonlar va biostimulyatorlarga yaxshi javob qaytarishi. Maymunjon mo‘tadil va subtropik hududlar uchun mos tushib, tuprog‘i unumdor, namlikni ushlab turadigan, sug‘oriluvchi tuproqlarda yaxshi o‘sadi.
O‘zbekiston sharoitiga maslashgan istiqbolli navlar.
Natchez
AQShda yaratilgan.
Mevasi: Yirik, shirin, to‘q siyoh rangli.
Hosildorlik: 10–12 t/ga.
Afzallik: Ikkinchi yildan hosilga kiradi, bozorbop.
Chester
Intensiv usulda tavsiya etiladi.
Mevasi: Muzlatishga chidamli, foydali moddalarga boy.
Hosildorlik: 8–10 t/ga.
Black Gem
Yangi, ilg‘or nav.
Mevasi: Suvli, pardozli.
Afzallik: Bozorda yuqori narxda sotiladi.
Loch Ness
Buyuk Britaniyada yaratilgan.
Mevasi: Qora, yaltirak, juda shirin.
Ustunlik: Toqsimon o‘sish, shoxsiz (thornless), transportirovkaga chidamli.
Triple Crown
Qora, katta meva.
Yog‘ochsimon shoxlari bor.
Hosildorlik: 9–11 t/ga.
Columbia Giant
Navbatdagi istiqbolli gigant nav.
Mevasi: Juda katta (25–30 g), quruqchilikka chidamli.
Ekish va agrotexnika
Ekish vaqti: mart–aprel (yoki kuzda – oktyabrda).
Qatorlar orasi: 2,5–3,0 m O‘simlik orasi: 1,0–1,2 m
Yer usti qismini bog‘lash: sim bag‘az, tirgaklar kerak.
Kuchatlari ildizli qalamcha, yarim yog‘ochli qalamchadan ko‘paytiriladi.
O‘g‘itlash me’yorlari (1 gektarga)
O‘g‘it turi Me’yori (kg/ga) Berish vaqti
Ammofos 200–250 Ekish oldidan
Ammoniy selitra 100–120 Bahorda, ikki marta
Kaliy sulfat 80–100 Vegetatsiya davrida
Organik o‘g‘it 25–30 t/ga Kuzda (etilmagan bahor)
Sug‘orish me’yorlari
Sug‘orish usuli: tomchilatib sug‘orish tavsiya etiladi.
Soni: 10–12 marta (haftada 1 martadan).
Norma: 500–700 m³/ga har bir sug‘orishda.
Meva yig‘ish vaqtida suvni qisqartirish zarur.
Ijtimoiy tarmoqlar: