Toshkent davlat agrar universitetining "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlash" kafedrasi jamoasi navbatdagi amaliy mashg‘ulotni bevosita ishlab chiqarish maydonida davom ettirdilar. Kafedra mudiri N. Narkabulova hamda professor-o‘qituvchilar M. Boltayev va A. Azizov boshchiligidagi talabalar Toshkent viloyatidagi nufuzli eksportyor korxonalardan biri — “Asians Frozen Foods” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. O‘quv-amaliy jarayon davomida talabalar shunchaki nazariy bilim olish bilan cheklanib qolmay, mahsulotlarning sifati va vitaminlarini to‘liq saqlab qolish imkonini beruvchi jadal muzlatish (shock freezing) texnologiyasining sir-asrorlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar. Shu bilan birga, tayyor mahsulotlarni jahon bozori talablariga mos ravishda qadoqlash hamda murakkab eksport zanjirini shakllantirish bo‘yicha mutaxassislardan qimmatli ma’lumotlar olishdi. Korxonadagi zamonaviy laboratoriya tekshiruvlari va qat’iy sifat nazorati tizimi yosh mutaxassislarda katta taassurot qoldirdi.
Muloqot yakunida universitet va korxona o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, xususan, talabalar uchun doimiy amaliyot o‘tash joylarini tashkil etish borasida istiqbolli rejalar belgilab olindi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



