logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

NIDERLANDIYA–O‘ZBEKISTON SIMPOZIUMI: QISHLOQ XO‘JALIGIDA STRATEGIK HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI

view 27

Bugun qishloq xo‘jaligi sohasidagi yirik xalqaro tadbirlardan biri — Niderlandiya–O‘zbekiston simpoziumi o‘z ishini boshladi. Tadbir ikki mamlakat o‘rtasidagi agrar aloqalarni yangi sifat bosqichiga olib chiqish, innovatsiyalarni joriy etish va ta’lim sohasida tajriba almashish maqsadida tashkil etildi. Simpoziumning ochilish qismida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibroxim Abduraxmonov hamda Niderlandiya Bosh Fitosanitar o‘rinbosari Lianne Kersbergen so‘zga chiqib, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik salohiyatini yuqori baholadilar. O’zbekiston Respublikasi va Niderlandiya Qirolligi o‘rtasida ta’lim dasturlari, savdoni rag‘batlantirish va agro-ta’lim bo‘yicha Toshkent davlat agrar universiteti, Dutch Greenhouse Delta hamda Export Partnerlar o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Toshkent davlat agrar universiteti rektori Narzullo Oblomuradov o‘z ma’ruzasida qishloq xo‘jaligida bilimlar tizimi va zamonaviy ta’lim modellariga to‘xtalib o‘tdi. Xususan, Niderlandiyaning Vageningen universiteti va AERES kabi nufuzli muassasalari bilan agrar ta’limni xalqaro standartlarga moslashtirish, talabalar uchun Yevropaning yetakchi logistika xablarida amaliyot o‘tash imkoniyatlarini yaratish masalalari muhokama qilindi. Simpozium davomida quyidagi yo‘nalishlarda ekspertlar taqdimotlari o‘tkazildi:
Smart Agro va Issiqxonalar: O‘zbekistonda zamonaviy issiqxonachilikni rivojlantirish va Niderlandiyaning yuqori texnologik yechimlarini tatbiq etish;
Fitosanitariya va Urug‘chilik: Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda xalqaro inspeksiya va sifat nazorati tizimlarini joriy qilish;
Suvni tejovchi texnalogiyalar va Barqarorlik: Tomchilatib sug‘orish va iqlimga mos agrar yechimlar.

G2B va B2B kabi uchrashuvlar O‘zbekistonni mintaqaviy agrar xabga aylantirish hamda qishloq xo‘jaligiga investitsiyalarni jalb qilishda muhim strategik ahamiyatga egadir.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.