favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh OAV vakillari uchun Qishloq xo’jaligi vazirligi va tizim tashkilotlarida “llmga asoslangan Ьаrqаrоr qishloq xo’jaligi – Bаrаkа vа fаrоvonlik kafolati O’zbekiston qishloq xo’jaligida yangi dаvr” mavzusidagi press tur bòlib òtdi.

view 49

Toshkent davlat agrar universitetida “Media savodxonligi va axborot mustaqilligi – Yangi O‘zbekiston poydevori” mavzusida o‘tkazilayotgan press-tur doirasida OAV vakillari uchun keng qamrovli va mazmunli tadbir tashkil etildi. Press-tur universitetning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori J. Lapasovning ishtiroki bilan boshlandi. U jurnalistlarga oliygohda taʼlim sifatini oshirish, ilmiy izlanishlar va yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berdi. Dastlab, ishtirokchilar iqtidorli talabalar tomonidan yaratilgan sanʼat asarlari jamlangan “Art Galereya” ko‘rgazmasini tomosha qildilar. Ushbu ko‘rgazma yoshlarning nafaqat ilmga, balki sanʼatga bo‘lgan qiziqishini namoyish etdi. Tadbir doirasida jurnalistlar “Asal sifatini tahlil qilish” laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdilar. Laboratoriyada tabiiy asalning sifati, tarkibi va iste’molga yaroqliligi bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy izlanishlar ularda katta qiziqish uyg‘otdi. Keyingi manzil – Oziq-ovqat mahsulotlarini muzlatish va saqlash texnologiyasi markazi bo‘ldi. Bu yerda ishtirokchilar mahsulotlarning sifatini saqlab qolish, ularning saqlash muddati va iste’mol xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha qo‘llanilayotgan innovatsion yondashuvlar bilan yaqindan tanishdilar. Press-tur universitetning ilmiy-tadqiqot va tajriba sinov ishlari olib borilayotgan o‘quv-ilmiy tajriba xo‘jaligida davom etdi. Ishtirokchilar zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan “Meva va sabzavotlarni qayta ishlash va quritish laboratoriyasi”da bo‘lishib, bu yerdagi amaliy jarayonlarga guvoh bo‘lishdi. Jarayon davomida olimlar yetishtirayotgan yangi “Fuji” olmalari, olxo‘ri plantatsiyalari va “Do‘stlik bog‘i”da yaratilgan sharoitlar jurnalistlarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir “Agrar yulduzlari” ansamblining jonli konsert dasturi bilan davom etdi. Xalqona kuy-qo‘shiqlar va ijodiy chiqishlar mehmonlarga bayramona kayfiyat ulashdi. Yakunda esa ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Press-tur davomida 50 dan ortiq matbuot kotiblari hamda bosma va elektron OAV vakillari ishtirok etdi. Ular universitetdagi ilmiy salohiyat, innovatsion loyihalar va xalqaro hamkorlik haqida boy maʼlumotlarga ega bo‘lishdi.

Ushbu iliq uchrashuvlar universitet hayotining ochiqligi, ijodiy va innovatsion ruhini yaqqol aks ettirdi. Kelajakda yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shuvchi yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi mazkur press-tur barchada chuqur taassurot qoldirdi.


Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.