logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Oʻsimliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti, Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi professor-oʻqituvchilari, doktorantlari hamda magistrantlari mahorat darsida

view 153

Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi taklifi bilan fakulteti professor-oʻqituvchilari, doktorantlari hamda magistrantlari uchun “Taʼlimda sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish va dars samaradorligini oshirish” mavzusida mutaxassis ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi. Mazkur darsda Xalqaro Islomshunoslik Akademiyasi fizika va matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent Hamidov Vohid Sobirovich dars mashgʼulotlarida mahorat darslarini tashkil etishga jalb etildi. Mutaxassis oʻz tajribasi asosida taʼlimda raqamli texnologiyalarni integratsiya qilishning muhim jihatlarini yoritdi.

Dars davomida professor-oʻqituvchilar uchun foydali boʻlgan interaktiv tavsiyalar berildi. Mazkur mahorat darsi kelgusida hamkorlikdagi loyihalar uchun mustahkam zamin boʻldi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.