Toshkent haqiqati gazetasining 2025-yil 15-noyabrdagi 88-sonida Toshkent davlat agrar universitetining 95 yillik tantanalariga bag’ishlangan yirik maqola e'lon qilindi.
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.