O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-son qarori — "Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" qaror ijrosi doirasida Oqqo‘rg‘on tumanida fermerlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Toshkent davlat agrar universiteti tomonidan tashkil etilayotgan loyiha ofislari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, hududlarda uchrayotgan muammolarni aniqlash va ularga ilmiy-amaliy yechimlar ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda tuman hokimi To‘ra Bobolov, shuningdek, universitet vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Tadbir davomida fermerlar tomonidan yer unumdorligini oshirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, o‘simliklar himoyasi, chorvachilik va issiqxona xo‘jaligida uchrayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan har bir masala yuzasidan aniq taklif va amaliy tavsiyalar berildi.
Uchrashuv yakunida hududlardagi dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan aniq loyihalar shakllantirish, ularni loyiha ofislari orqali tizimli amalga oshirishga kelishib olindi.
Ijtimoiy tarmoqlar:









