Adiblar xiyobonida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan adabiy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ona tilimizning boy tarixi, betakror jozibasi, milliy o‘zligimizni ifodalashdagi o‘rni hamda o‘zbek adabiyoti namoyandalarining ijodi haqida so‘z yuritildi. She’rlar va badiiy chiqishlar orqali ona tilimizga bo‘lgan mehr va ehtirom ifoda etildi.
Tadbirda Toshkent davlat agrar universiteti Ma’naviy-ma’rifiy ishlar departamenti mas’ullari, fakultet tyuterlari, talaba-yoshlar hamda O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviy boyligimiz va g‘ururimiz timsoli!
Ijtimoiy tarmoqlar:









