logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Oqqo‘rg‘onlik yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

view 8

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida bitiruvchi yoshlarning oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni kasb tanlashda qo‘llab-quvvatlash hamda agrar sohada malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Toshkent davlat agrar universiteti vakillari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda Oqqo‘rg‘on tumani hokimi To‘ra Bobolov, Toshkent davlat agrar universiteti prorektori Abduaziz Abduvasikov boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar jamoasi, bitiruvchi yoshlar hamda tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdi. Unda mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning sifatli ta’lim olishi va zamonaviy kasb-hunar egallashi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, ishtirokchilarga Toshkent davlat agrar universitetida yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti, bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlari, davlat grantlari va stipendiyalar, xalqaro hamkorlik dasturlari, ishlab chiqarish amaliyoti, ilmiy faoliyat hamda bitiruvchilarning bandligini ta’minlash bo‘yicha mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Muloqot davomida tumanda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari uchun oliy ta’lim olish, malaka oshirish, mavjud imtiyozlar va yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan ham atroflicha tushuntirishlar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.