Toshkent agrar universitetiga qarashli o'quv-amaliy tajriba xo'jaligida so’ngi vaqtlarda ko’plab tadqiqot ishlari olib borildi. Qator izlanishlar natijasida bir necha turdagi meva-sabzavotlarning yangi navlari yaratildi va mamlakatimiz qishloq xo’jaligida foydalanishga tadbiq etildi. Mana shu ilmiy yutuqlar natijasi o’laroq, bugun Toshkent davlat agrar universitetining o’quv ilmiy tajriba xo’jaligida “O‘rik va olma sayli” mavzusida ilmiy-amaliy dala seminari o’tkazildi. Mazkur seminarni universitetimiz rektori N.Oblomuradov kirish so’zi bilan ochib berib, Davlatimiz rahbari boshchiligida agrar sohaga ulkan e’tibor qaratilayotganini, buning natijasida olim va tadqiqotchilar mana shunday natijalarga erishayotganini alohida ta’kidladi. Seminarda Qishloq xo’jaligi vazirligi vakillari, xorijlik ekspertlar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkilotining (FAO), Suvchilar maktabi vakillari, fermerlar, dehqonlar, professor-o’qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Darhaqiqat, hozirgi kunda tajriba xo’jaligida olma va o’rik mevalarining bir qancha turlari parvarish etilib, ularning suvsizlikka chidamlilik, hosil sifati va miqdorini oshirish borasidagi xususiyatlarini orttirishga erishilgan. Ularning bu yutuqlari seminarga yig’ilgan qishloq xo’jaligi sohasi mutaxassisari tomonidan e’tirof etildi.
Seminarda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi ijodkorlar uyushmasi a’zosi, taniqli musavvir, akademik Ashur Muhammad iqtidorli talabalarimiz bilan birgalikda tabiat manzaralari, bog‘dagi pishib yetilgan o‘rik va olma manzaralarining bevosita joyida jonli suratlarini chizishdi. Ijodkor yaratgan suratlar seminar ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. "Agrar yulduzlari" ashula va raqs ansambli tomonidan ijro etilgan kuy-qóshiqlar esa yig’ilganlarga badiiy-estetik zavq baxsh etdi.
Ijtimoiy tarmoqlar: