Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi E.O‘. Abdualimov boshchiligida uyushmaning hududiy tuman-shahar Kengashlari rahbarlari hamda mas’ul xodimlaridan iborat jamoa universitet bilan yaqindan tanishdi. Jarayon davomida mehmonlar universitetda yaratilgan zamonaviy o‘quv va ilmiy muhit, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, ta’lim jarayonida foydalanilayotgan ilg‘or o‘quv-ilmiy laboratoriyalar mehmonlarda katta taasurot qoldirdi.
Uchrashuv chog‘ida TDAUda amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamda soha mutaxassislarini tayyorlash borasidagi ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:






